• Iroqda Toriq Aziz degani bo'lardi. Saddam Husayn raybariyatida muhimligi jihatidan 2-shaxs edi. Amerika va shia liderlari hokimiyat tepasiga kelganidan keyin, qama-qamalar paytida u ham hibsga olingan edi. 3 yilcha bo'lib qoldi (adashmasam). Mana endi shuncha payt o'tib, sud unga hukm chiqaribdi. Oliy. (O'lim. Iroqda jazoning bu turi bekor qilinmagan). Bir yoqdan Rossiya, bir yoqdan EI norozilik bildirib yotibdi. Avvaliga tushunmadim, Saddamni osayotganda nega indamagandi, deb. Ma'lum bo'lishicha, gap boshqa yoqda ekan. Toriq Aziz Saddamning "jamoasi"dagi yagona nasroniy bo'lgan ekan.. G'arbona demokratiyaning asl qiyofasi shu o'zi. Ota-bobolaridan ortib qayoqqa ham borishadi.

Replies (0)