Чтобы добавлять сообщения и комментарии, .

@useruz:
useruz

«That Can Be My Next Tweet» servisi haqida bundan biroz avvalroq Habrda o'qigandim, ammo sinab ko'risnga hafsala bo'lmagan edi. Bugun @pROCKrammer qoldirgan twit orqali kirib ko'rdim — ajoyib! Bu matoh ba'zida mazmundan xoli bo'lmagan twitlarni ham generatsiya qilar ekan.. Mana, o'sha twitlarning ayrimlari:

– Hollivud o'g'ri-muttaham!

– Welcome back! BP uchun hammaga rahmat! Men — Rossiya hukumatining siyosiy masxarabozi.

– NTTda torrentlar b-n ishlaydigan alohida bo'lim bor: Rus, tojik, tatar, uyg'ur va hatto chechen!

– IP orqali yozishishni yoqtiraman negadir. O'zi eplaydi hammasini.

– Ura-a-a!.. «O'zbektelekom»da profilaktika ishlari o'tkazilmaydigan kun to'shakka mixlanib yotibman-a..

– Foydali ish bo'lmagan, shuning uchun hammaga rahmat!

– «Turist» bilan bemorlarni ko'nglini olsangchi, nodon.. degim keldi.

– Kinoni g'irt komediya qilib kuzatgan ma'quldir balki?

– "Buried" ham qilamiz, Xudo sabr bersa. Odamlar bu Windowsning errori deb o'ylashi uchun.

– Bugun masjidda odam odatdagidan ancha yaxshi. $500k turadiganlari bor ekan.

– Ovoz boricha baqirib, xumordan chiqish uchun cheklanmagan ma'muriy vakolatlarga ega bo'lishingiz kerak.

– Sometimes God doesnt give what you want. Not because you don't have permission.

Link: yes.thatcan.be

@useruz:
useruz

«Your home is a box. Your car is a box on wheels. You drive to work in it and you drive home in it. You sit at home staring at a box. It erodes your soul while the box that is your body inevitably withers then dies whereupon it is placed in the ultimate box to slowly decompose.»
Arlington Steward, character from «The Box».

@useruz:
useruz

Mashinani rasmiylashtirish muncha qimmat? Eng kami 180.000, Nexia, matizlar 250.000 so'm ekan. Notariusga 170.000 so'm berishibdi. Hali yangi raqamga qancha so'rarkin? Sug'urtasi ham yanvarda tugaydi.. Buning ustiga kun ora usta ko'rib turmasa mazasi qochadi mashina jonivorni ham. Bechora akaginam..

@useruz:
useruz

RadioGrinch.ru — shu bolaning podcastlari juda rang-barang, ayrimlari nazarimda juda muvaffaqiyatli chiqqan. Miriqib eshitaman ko'pincha. Menimcha hamma gap samimiylikda. Notiq, ya'ni podcaster o'zini va tinglovchilarini oz bo'lsada aldashga urinmasligi kerak, shunda menimcha hammasi joyida bo'ladi. Ha, darvoqe podcastlarni eshitish uchun eng qulay joy bu jamoat transporti bo'lsa kerak. Ishga ketayotganingizda, uyga qaytayotganda yoki shunchaki sayr paytida. Podcastni kompyuterni o'zida eshitish men uchun biroz zerikarli.

@useruz:
useruz

Odamlarni qanday qilib Jabberga o'rgatishni bilmay yurgan edim. Yaxshi imkoniyat paydo bo'ldi.

@useruz:
useruz

Iroqda Toriq Aziz degani bo'lardi. Saddam Husayn raybariyatida muhimligi jihatidan 2-shaxs edi. Amerika va shia liderlari hokimiyat tepasiga kelganidan keyin, qama-qamalar paytida u ham hibsga olingan edi. 3 yilcha bo'lib qoldi (adashmasam). Mana endi shuncha payt o'tib, sud unga hukm chiqaribdi. Oliy. (O'lim. Iroqda jazoning bu turi bekor qilinmagan). Bir yoqdan Rossiya, bir yoqdan EI norozilik bildirib yotibdi. Avvaliga tushunmadim, Saddamni osayotganda nega indamagandi, deb. Ma'lum bo'lishicha, gap boshqa yoqda ekan. Toriq Aziz Saddamning "jamoasi"dagi yagona nasroniy bo'lgan ekan.. G'arbona demokratiyaning asl qiyofasi shu o'zi. Ota-bobolaridan ortib qayoqqa ham borishadi.

@useruz:
useruz

Salom, dunyo! Yana bir bora..